Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Prezident qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi

Prezident qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi

Shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda deputat O. Yusupov boshchiligida Kengash xodimlari ishtirokida 7-Nurafshon okrugi “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur qaror doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda erishilayotgan natijalar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4