Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🔹 MAKTABDAGI MUAMMO VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A.To‘xtashov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Oyinli” mahallasida joylashgan 74-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

🏫 Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasida mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🔍 Suhbat davomida maktabdagi o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza hamda mavjud ehtiyojlar haqida ma’lumotlar olindi.

📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida yanada qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🤝 Ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4