Новости

Последние новости

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
“Xalqlar do‘stligi” MFYda bolalar maydonchalari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

“Xalqlar do‘stligi” MFYda bolalar maydonchalari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

“Xalqlar do‘stligi” MFY hududida bolalar uchun yaratilayotgan yangi sharoitlarni o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom ettirildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan 1-kichik tumandagi 9A-, 6-, 2- va 17-sonli ko‘p qavatli uylar oldida barpo etilayotgan bolalar maydonchalari holati ko‘zdan kechirildi.

🏗 O‘rganish davomida har bir hududdagi qurilish jarayoni bilan tanishilib, ishlarning borishi va maydonchalarni foydalanishga tayyorlash holati ko‘rib chiqildi.

📌 Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarini yaqin kunlarda yakunlab, yangi maydonchalarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Yangi bolalar maydonchalarining tashkil etilishi ko‘p qavatli uylar atrofida bolalar uchun xavfsiz va mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Slide 1 of 4