Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Yangihayot MFY hududidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi

Yangihayot MFY hududidagi elektr ta’minoti muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-«Yangihayot» saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan o‘zi saylangan Yangihayot MFY  Sh.Rashidov ko‘chasi hududida aholining muammolarini o‘rganish maqsadida ko‘chalarda yurib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, hududda mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududdagi asosiy muammolardan biri sifatida elektr tarmoqlarida foydalanib kelinayotgan eski yog‘och va beton ustunlarning holati yuzasidan fuqarolar murojaati kelib tushdi. Mazkur ustunlarning eskirgani aholi uchun noqulaylik va ayrim hollarda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi bildirildi.

Ushbu masalani tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, muammoni hal etish, eski ustunlarni yangilariga almashtirish va elektr ta’minoti xavfsizligini yaxshilash masalalari yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 4