Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Sessiya qarori ijrosi yuzasidan “Suvoqova” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

Sessiya qarori ijrosi yuzasidan “Suvoqova” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Termiz tumani “Suvoqova” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxona tomonidan aholiga ichimlik suvi yetkazib berish, suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashi, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sessiya qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlarda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2022-yil 28-aprelda ma’qullangan.

Qonun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berishga qaratilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, sessiya qarori ijrosi hamda ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi qonunchilik talablarining bajarilishi bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 4