Новости

Последние новости

янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“Moxirlar” mahallasidagi Soxil ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
MILLIY QADRIYATLAR VA AN’ANALAR — AVLODLARNI BOG‘LOVCHI MA’NAVIY MEROS
янв.21
FUQAROLARNING MUAMMOLARI VA IJTIMOIY EHTIYOJLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: KICHIK TADBIRKORLIK VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
424-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar maydonchasini zamonaviy jihozlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“OQ UY” MAHALLASIDA AHOLINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik yanada kuchaytirilmoqda

Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik yanada kuchaytirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “‘Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida”gi qarori davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur qaror bilan:

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari takomillashtiriladi;
- fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalarining davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan erkin foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
- ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni o‘z vaqtida e’lon qilib borish tizimi mustahkamlanadi;
- davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot resurslari orqali ochiq ma’lumotlarni muntazam joylashtirish amaliyoti kuchaytiriladi;
- jamoatchilik nazorati, ochiq muloqot va hisobdorlik tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ushbu qaror davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash hamda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ochiqlik va shaffoflik – xalq ishonchi hamda samarali davlat boshqaruvining muhim kafolatidir!