Новости

Последние новости

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
QONUN IJROSI VA MAHALLADAGI UY-JOY MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA


Zuhro mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish bilan bir qatorda, ko‘p kvartirali uylardan foydalanish va ularni boshqarish sohasidagi qonunchilik talablarining bugungi kundagi ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida olib borilmoqda.

Jumladan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga e’tibor qaratildi. Mazkur Qonun 2020-yil 1-avgustdan kuchga kirgan.

Qonunning 1-moddasida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uning asosiy maqsadi sifatida belgilangan. 4-moddada esa ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning muhim prinsiplari - boshqarish usulini tanlash erkinligi, o‘zini o‘zi boshqarish, ochiqlik va oshkoralik, tashkiliy hamda moliyaviy mustaqillik va mulkdorlar oldida muntazam hisobdorlik kabi talablar mustahkamlangan.

Shuningdek, Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ko‘p kvartirali uylardagi umumiy joylar, zinapoyalar, liftlar, yerto‘lalar, tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari hamda bir nechta xonadonga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa qurilma va uskunalar umumiy mol-mulk hisoblanadi.

Alohida e’tibor qaratilgan jihatlardan yana biri Qonunning 7-moddasida belgilangan ko‘p kvartirali uyga tutash hududning sanitariya holati va obodonlashtirilishi masalasidir. Mazkur norma aholining nafaqat xonadon ichidagi, balki umumiy foydalanishdagi hududlarning ham tozaligi va obodligi uchun mas’uliyatini belgilaydi.

Deputatlik o‘rganishlari davomida mazkur qonun talablarining amaliy ijrosi, ko‘p kvartirali uylarda yashovchi fuqarolarning huquq va manfaatlari, umumiy mol-mulkning saqlanishi hamda hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatiga ham e’tibor qaratildi.

Bu kabi o‘rganishlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarning faqat qog‘ozda qolib ketmasdan, mahalla va xonadonlar kesimida amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Aniqlangan muammolarni mas’ullar bilan birgalikda bartaraf etish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4