🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Meliyev tomonidan 7-“M. Ulug‘bek” saylov okrugi hududida yangidan ish boshlagan mahalliy tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektining ish jarayoni, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish quvvati hamda yaratilgan ish o‘rinlari ko‘zdan kechirildi.
🔸Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida deputat tomonidan biznesni yana-da kengaytirish, aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan bir qator zarur tavsiyalar berildi.
🔸Taʼkidlash joizki, hududlarda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tinglash va yangi xizmat turlarini rivojlantirishga qaratilgan bu kabi amaliy chora-tadbirlar deputat tomonidan izchil davom ettiriladi.