35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi

Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari B. Umarov va K. Abdullayeva tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar hamda Termiz tuman Ma’naviyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar bilan ishlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi hamda madaniyat va ma’naviyat yo‘nalishidagi topshiriqlarning bajarilish holati tahlil qilindi.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda ma’qullangan.

Shuningdek, o‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun va qarorlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

Slide 1 of 3