35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

DEPUTATLIK SO‘ROVI
DEPUTATLIK SO‘ROVI

📃 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna tomonidan fuqarolar murojaatlari va aniqlangan muammolar yuzasidan tuman "Angren Bunyod Fayz" MCHJ direktori nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🖋 Deputatlik so‘rovida hududda aniqlangan masalani o‘rganish, tegishli choralar ko‘rish hamda muammoni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish so‘raldi.

📖 Mazkur deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi talablariga muvofiq tayyorlandi va tegishli tartibda tuman "Angren Bunyod Fayz" MCHJ direktori nomiga yuborildi.

❗️Deputatlik so‘rovlarining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashdan iborat.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 3