35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Gulira'no" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi


Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar manzilliligini ta’minlash hamda Kengash sessiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinovaga biriktirilgan “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo‘yicha tashkil etilib, Ijtimoiy xodim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida "Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak berish borasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi:

Maktab formasiga vaucherlar: Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 nafar o‘quvchiga jami 2,060 mln so‘mlik maktab formasi uchun vaucherlar ajratilgan;

Oziq-ovqat ko‘magi: Kam ta’minlangan 4 ta oilaga jami 412 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari uchun manzilli yordam ko‘rsatilgan. 

O‘rganish davomida mahalla mas’ullariga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, "Ijtimoiy reyestr"dagi hamda haqiqiy ehtiyojmand xonadonlarni doimiy e’tiborda tutish va ajratilayotgan ko‘maklarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha deputatlik tavsiyalari berildi.