Orol MFY hududidagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva tomonidan saylangan okrug hududidagi Orol MFYda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi yo‘llarda olib borilayotgan asfalt yotqizish ishlari, ularning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘llarning aholi uchun qulayligi, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Deputat N. Ruziyeva hamda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva mahalla aholisi bilan suhbatlashib, fuqarolarning hududdagi yo‘llar holati, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar.
Aholi tomonidan bildirilgan takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.