35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

🇺🇿 Bugun, 2-sentabr — mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatimizning davlat suverenitetini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini ta’minlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga erishish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish borasidagi tarixiy xizmatlari xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

Mustaqillikning dastlabki va murakkab yillarida mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirish, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning o‘zligini, milliy qadriyatlari va boy tarixiy merosini tiklash yo‘lida Islom Karimovning faoliyati alohida ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, tinchlik va barqarorlik kabi ezgu g‘oyalar mustaqillik yillaridagi taraqqiyot jarayonlarida muhim o‘rin tutdi.

Bugun Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etar ekanmiz, u kishining Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini chuqur hurmat bilan eslaymiz. Zero, tarixda xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan siymolar nomi va ezgu ishlari avlodlar xotirasida hamisha yashaydi.

🕊 Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha barhayot.