#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📍 HUDUDLARDA INFRASTRUKTURA RIVOJI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri
O. Tursunov, 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat
Q. Raxamov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🚧 Xususan, Chag‘atoy mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi yaqindan ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida asfaltlash ishlarining sifati, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi, shuningdek, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mas’ullar bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish, mahallalarni obodonlashtirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✅ Bunday nazorat tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatli va samarali bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube