QONUNIYLIK VA HUQUQIY HAMKORLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Dusmurodov tomonidan qarorlarning qonuniyligi va huquqiy asoslarini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlik ishlari olib borildi.
🤝 Tadbir doirasida Adliya xodimlari hamda “MADAD” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan hamkorlikda Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, huquqiy asoslanganligi va qonuniyligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📌 Hamkorlik davomida huquqiy hujjatlarni puxta ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda deputatlik faoliyatida huquqiy mexanizmlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr va tavsiyalar almashildi.
⚖️ Qonuniylik — samarali va mas’uliyatli mahalliy vakillik organi faoliyatining asosiy mezonidir.
Bunday hamkorliklar Kengash faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy savodxonlikni oshirish va qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.