35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Mahalla hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda Hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish borasida tuman Kengashi mas’ullari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Chinor" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Monitoring jarayonida ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Yakunda mahallada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1