35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

MUSTAQILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Varapaeva Natalya Viktorovna “Yangibog‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etdi.

🎆Tadbir doirasida mahalla aholisi, ayniqsa, yosh avlod vakillari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida fikr almashildi.

🍫Shuningdek, deputat Varapaeva Natalya Viktorovna tomonidan tadbirda ishtirok etgan bolajonlarga shirinliklar hamda esdalik sovg‘alari ulashilib, ularga bayramona kayfiyat bag‘ishlandi.

✅Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustaqil yurtimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Slide 1 of 4