35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktabdagi hojatxonalar va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar uchun zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari, tozalik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, sanitariya holatini yanada yaxshilash, tozalikni ta’minlash hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4