35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati D.Asadullayev tomonidan "Bog'ko'cha" mahalla fuqarolar yig'ini hududida faoliyat yuritayotgan Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) ishi bilan yaqindan tanishildi.
O'rganishning jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Ko'p qavatli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-48-sonli qarorining ijrosi va ko'p qavatli uylarni boshqarish tizimida BSK tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini, shuningdek fuqarolar murojaatlarining belgilangan muddatlarda ijro etilishi holatiga alohida e'tibor qaratildi.
Bundan tashqati. o'rganishda BSK tomonidan ko'p qavatli uylarga texnik xizmat ko'rsatish sifati, aholidan yig'ilgan mablag'larning maqsadli va shaffof sarflanishi, umumiy mulkning holati va ta'mirlash ishlari ham muhokama qilindi.
Deputat mahalla aholisi bilan bevosita muloqotda bo'lib, ularning BSK faoliyatiga oid taklif, shikoyat va murojaatlarini tingladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida BSKga aniq muddatlar belgilanib, ijro jarayoni deputat tomonidan nazoratga olindi.
Yakunda deputat bunday o'rganishlarni doimiy asosda davom ettirish, aholi manfaatlarini ko'zlagan holda BSKlar faoliyatini shaffoflashtirishga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni ta'kidladi.

Slide 1 of 3