35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI SHARAfIGA: YOSH FUTBOLCHILAR MAYDONDA BELLASHDI

#deputat_tashabbusi #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI SHARAfIGA: YOSH FUTBOLCHILAR MAYDONDA BELLASHDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uchtepa tumanidagi “Taqachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 123-sonli umumta’lim maktabining futbol maydonida 2016–2017-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

🏛 Tadbir Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov boshchiligida o‘tkazilib unda “Taqachi” MFY raisi N. Sagdiyev, mahalla yoshlar yetakchisi I. Oqnazarov, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

📝 Musobaqaning ochilishida deputat Dilshod Shoumarov yoshlarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan muborakbod etib, mahallalarda bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.

🔺 Futbol bahslari yosh sportchilarning o‘z mahoratini namoyon etishi, jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlash bilan birga, bayram arafasida mahalla yoshlariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

📋 Mazkur tadbir Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya bilan hamohang bo‘lib, unda belgilangan yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahallalardagi sport inshootlari va sport maydonlaridan samarali foydalanish kabi ustuvor vazifalarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

🤝 Deputat Dilshod Shoumarov tomonidan saylov okrugida yoshlarni sportga keng jalb qilish, mahallalardagi sport infratuzilmasidan samarali foydalanish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

🏆 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, sportga qiziqish va jamoaviylik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5