Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1–Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva tomonidan Orol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Tadbir yakunida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan deputat N. Ruziyevaning 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati, saylovchilar murojaatlarini hal etish, hududdagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi ta’kidlandi.