Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tomonidan 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonunning Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidagi ijrosi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan talab va vazifalar yuzasidan bo‘lim xodimlariga tushuntirishlar berildi hamda qonun talablariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.