Новости

Последние новости

янв.21
Manzilli o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat mahalladagi mavjud holat bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 6-10-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Qonun bilan tartib – sog‘lom raqobat garovi!
янв.21
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi
янв.21
Hududdagi investitsiya va qurilish loyihalari o‘rganildi
Energiyani tejash — bugunning dolzarb vazifasi!

Energiyani tejash — bugunning dolzarb vazifasi!

O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qonuni 2024-yil 9-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2024-yil 10-iyulda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonun energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq:

🔹 energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrofgarchilikning oldini olish;
🔹 energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
🔹 energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalardan foydalanishni kengaytirish;
🔹 qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish;
🔹 davlat organlari, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning energiyani tejash borasidagi mas’uliyatini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Har birimiz energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali nafaqat oilaviy xarajatlarni kamaytiramiz, balki atrof-muhitni asrash va mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga ham munosib hissa qo‘shamiz.