Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa manzillari.
янв.21
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar — davlat e’tiborida
янв.21
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Kelajak” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi
янв.21
PQ-141-son qarori ijrosi “Orol” mahallasida o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar daftari yuritilishi va ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonun yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Manzilli o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputat mahalladagi mavjud holat bilan tanishdi
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish — har bir fuqaroning huquqi

O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlardan faqat qonuniy asoslarda foydalanilishi, ularning maxfiyligi va xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Har bir fuqaro o‘ziga oid ma’lumotlarning qanday qayta ishlanayotganini bilish, ularga o‘zgartirish kiritishni yoki qonunchilikda belgilangan hollarda ularni o‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda zamonaviy raqamli jamiyatda ishonchli huquqiy muhitni shakllantirishning muhim omillaridan biridir.