Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” MFY ijtimoiy xodimi J.Ismoilovning faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etdi hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi tahlil qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mahalladagi 114 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 17 nafari kambag‘allikdan chiqarish dasturlariga jalb etilgan.
Bundan tashqari, 25 ta davlat ta’minotidagi oilaga jami 2 million 60 ming so‘mlik kiyim-kechak hamda 4 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani qayd etildi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 4 nafar fuqaroga qo‘ltiqtayoq hamda 1 nafar fuqaroga zarur tibbiy vositalar berilgani ma’lum qilindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi