Новости

Последние новости

янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Nurli diyor MFYda faoliyat o‘rganildi
янв.21
M. Eshtemirov MFYda fuqarolar murojaatlari uyma-uy o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik MFYda fuqarolar murojaatlari va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish – adolat va taraqqiyot kafolati
янв.21
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov Yangihayot MFYda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 29–iyun 3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Murodov tomonidan Yangiobod MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunida tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” asosida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi joyiga chiqqan holda manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilangan vazifalarning amalga oshirilish holati, ijro intizomi, olib borilayotgan ishlarning samaradorligi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o‘rganishlar davlat dasturlari va qabul qilingan qarorlarning joylardagi ijrosini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7