Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH – YOSHLAR KELAJAGIGA QARATILGAN AMALIY E’TIBOR

Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni axborot texnologiyalari, innovatsiyalar va sportga keng jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ham tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xalq deputati Xusayinov Alisher Abduvaxobovich tashabbusi bilan “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish va uning ish faoliyatini yengillashtirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan har bir qulaylik va imkoniyat — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga kiritilgan muhim sarmoyadir. Ayniqsa, mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatini zarur vositalar bilan ta’minlash, ularning ish samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kelgusida ham mahallalarda yoshlar uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Yoshlar manfaatlariga qaratilgan bunday amaliy tashabbuslar ularning bilimli, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom va Vatanga sadoqatli insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. Zero, yoshlar ta’limi va tarbiyasiga qaratilgan har bir amaliy qadam Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etishga xizmat qiladigan muhim omildir.

Slide 1 of 2