Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️29-Xadra saylov okrugida infratuzilmani rivojlantirish masalalari joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Madjid Taxirov 29-Hadra saylov okrugi tarkibiga kiruvchi "Xadra" va "Labzak" mahallalarida bo‘lib, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni joyida o‘rgandi.

🤝 O‘rganishlarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kapital qurilish boshqarmasi rahbari, tuman Kengashi deputatlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida mahallalarda bolalar maydonchalari va futbol maydonlarini barpo etish, mavjud sport infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Deputat tomonidan mahallalarda bolalar va yoshlar uchun sport inshootlarini yaratish, ularning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay muhitni shakllantirish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

📝 Shuningdek, loyihachi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan tezkor o‘tkazish, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash yuzasidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kapital qurilish boshqarmasiga tegishli vazifalar belgilandi. Qurilish jarayonlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi deputat nazoratiga olindi.

🔎 Uchrashuv yakunida mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchalari barpo etish, fuqarolar murojaatlariga asoslangan loyihalarni izchil amalga oshirish hamda hududning obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5