Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X. Berdiyarova, tuman Kengashi deputatlari X. Shayimova, X.Juraxolovlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-97-9-123-K/25-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mazkur qarorga asosan Boyovut tumani bo‘yicha 2025-yil 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar doirasida “Olmazor” mahallasi hududida usti yopiq futbol va voleybol maydonlarini kiyinish hamda yuvinish xonalari bilan birgalikda qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, buyurtmachi tashkilot sifatida Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi belgilangan.

O‘rganish davomida qurilish ishlari belgilangan tartibda olib borilayotgani, obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgani hamda loyiha doirasidagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda obyektni tez fursatda aholi foydalanishiga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mas'ullarning ma'lum qilishicha ushbu sport maydoni 1 oy ichida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilganligi takidlandi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bunyod etilayotgan ijtimoiy obyektlar sifati ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7