Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lganligi munosabati bilan, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Navoiy shahridagi Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82, PF–163, PF–209 va PF–258-sonli farmonlari, PQ–267-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 35, 312 va 313-sonli qarorlari ijrosi holati tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Monitoring davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar o‘rganilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi, ayniqsa yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4