Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.

Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “G‘ijdon” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar davomida ayrim fuqarolarning murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida “G‘ijdon” mahallasi “G‘ozig‘ijdoniy” ko‘chasida istiqomat qilib kelayotgan fuqaroning murojaati yuzasidan quyidagilar aniqlandi.

Jumladan, fuqaro hozirgi kunda gipertoniya kasalligi bo‘yicha kasallik ro‘yxatida turishi, davolanishi uchun sharoiti yo‘qligi, oilada turmush o‘rtog‘ining ham sog‘ligi yomonligi, ularning boquvchisi faqat 1 nafar o‘g‘il farzandi ekanligi o‘rganish davomida aniqlangan.

So‘ngra deputat N.D. Imomaliyeva bu holatni joyida bartaraf etish maqsadida mazkur o‘rganish jarayonining o‘zida tumandagi tegishli mas’ul rahbarlar bilan birgalikda zarur choralar belgilab olindi.

SHo‘nga ko‘ra, fuqaroni tuman Tibbiyot birlashmasining Terapiya bo‘limiga joylash ishlari olib borildi hamda uning davolanishiga davlat tomonidan ajratilgan bepul dori-darmon mahsulotlari bilan ta’minlanishiga erishildi.

Bundan tashqari O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturida belgilangan “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida tumandagi “G‘ijdon” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan yoshlar va qariyalarga hursandchilik ulashish maqsadida O‘zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi, deputatlar va partiya faollari birgalikda ularning holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

Slide 1 of 10