Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBORDA: XAVFLI HOLAT ANIQLANDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova tomonidan shahardagi “Navbahor” mahallasida joylashgan Islom Karimov ko‘chasidagi 98/2 va 100/2-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘idagi muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlariga tegishli kuzatuv quduqlari (kalodislar) holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda joylashgan kuzatuv quduqlaridan birining qopqog‘i mavjud emasligi aniqlandi.

Ushbu holat aholi, ayniqsa bolalar va keksalar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchilikni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududda xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda muammoning ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilab olindi.

Slide 1 of 2