M.Eshtemirov mahallasi infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Bugun joylardagi muammolarni xonada o‘tirib emas, bevosita xalq ichiga kirib o‘rganish asosiy mezonga aylangan. Viloyat Kengashi mudiri Sh.Boyqulov hamda 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A.Avliyakulov aynan shu maqsadda M.Eshtemirov mahallasida ish olib bordilar.
Xalq vakillari hududdagi ichki yo‘llarni ko‘zdan kechirib, maktab o‘quvchilarining qatnov xavfsizligi bilan qiziqishdi. Shuningdek, aholini ko‘pdan beri qiynab kelgan elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yaqinda o‘rnatilgan beton ustunlar sifati ham e’tibordan chetda qolmadi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.