Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva o‘zi saylangan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammo va murojaatlarini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va istaklarini tingladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputat tomonidan fuqarolar bilan muloqot va murojaatlar ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.