Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
#doimiy_komissiya 🎉 Yoshlar festivalini tashkil etish va faol yoshlarni rag‘batlantirish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar tadbirlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 2026-yil iyun oyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkaziladigan Yoshlar festivalini yuqori saviyada tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida festival doirasida yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatanparvarlik va tashabbuskorlik ruhini mustahkamlash hamda tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida 236 million so‘m mablag‘ni “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratish yuzasidan taqdim etilgan taklif muhokama qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

📍 Yakunda mazkur mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1