Новости

Последние новости

янв.21
Madaniyat — millat ma’naviyati va jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchidir.
янв.21
Energiyani tejash — bugunning dolzarb vazifasi!
янв.21
Fuqarolar murojaatlari uyma-uy o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi manzilli o‘rganildi
янв.21
Haftalik ish rejasiga asosan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
янв.21
Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Intilish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ayrim ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (podezlari) uchun eshiklar o‘rnatilmagani, shuningdek, binolarning tashqi fasad qismini bo‘yash ishlari sifat talablariga to‘liq javob bermasligi kuzatildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 4