Новости

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDAGI SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI

Xalq demokratik partiyasining ish rejasi asosida partiyaning tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov hamda ishchi guruh bilan birgalikda tumandagi “Shakarkent” MFYda joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan oʻrganish ishlari olib bordi.

🔍Oʻrganishlar davomida muassasada bolalar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, xavfsizlikni taʼminlash hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish holatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan:
🔹 bolalar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy ishlar holati;
🔹 xavfsizlikka oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarning amalda qoʻllanilishi;
🔹 bino va inshootlarning texnik holati hamda xavfsizlik talablariga mosligi;
🔹 bolalarning taʼlim olishi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha hujjatlar yuritilishi;
🔹 ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda xavfsizligi atroflicha koʻzdan kechirildi.

📌Oʻrganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda mavjud sharoitlarni yaxshilash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

‼️ Bunday oʻrganishlar maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va sifatli muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9