“Fuqarolar tashabbusi” doirasidagi loyihalar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining . qarorlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra “g‘olib” deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Termiz tumani bo‘yicha 2026-yil 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan loyihalarni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, Termiz tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur nazorat-o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Qurbonov tomonidan amalga oshirildi.