Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari Sh.Norsayev va K.Abdullayeva tomonidan Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.
O‘rganish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, veterinariya xizmatlari sifati, chorvachilikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar hamda aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, sohaga oid ishlar samaradorligini oshirish hamda chorvadorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.