Новости

Aziz bitiruvchilar!

Aziz bitiruvchilar!

Bugun hayotingizdagi eng begubor davr — maktab yillari ortda qolib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘ymoqdasiz. Qalbingizda chalingan bugungi so‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi sizni yangi marralar, ulkan maqsadlar va yorqin kelajak sari chorlasin.

Maktabda olgan bilim va tarbiyangiz sizga hayot yo‘llarida mayoq bo‘lishiga ishonamiz. Mustaqil hayot yo‘lingiz bexatar, kelajagingiz porloq bo‘lsin! Yurtimiz koriga yaraydigan, Vatanimiz faxriga aylanadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishingizga tilakdoshman. Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!

Hurmat bilan

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi