Новости

Deputatlar tomonidan bozordagi narx-navo va savdo holati o‘rganildi

                  Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri I.Jo‘rayev, tuman Kengashi deputatlari E.Qurbonov, B.Bozorovalar, viloyat Kengashi deputati O.Nosirov hamda “Jalaquduq oziq-ovqat
(dehqon) bozori” mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda bozordagi holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar. O‘rganish jarayonida savdo rastalaridagi mahsulotlar ta’minoti, narx-navo barqarorligi, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan bayram kunlarida aholining kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishini ta’minlash, bozorlarda to‘kin-sochinlikni saqlab qolish, shuningdek, sun’iy narx oshirilishining oldini olish yuzasidan bozor ma’muriyati va tadbirkorlarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish, savdo madaniyatiga rioya qilish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash masalalari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 9