🌿 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan M. Samandarova tomonidan Dalvarzin mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning tadbirkorlikka qiziqishi, kasb-hunar egallashi hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, bandlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
✨ Xotin-qizlar bandligi — oila farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili!