35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
янв.21
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM KAFOLAT
янв.21
INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO SOHASIDAGI FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
янв.21
Deputatlar tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlar o‘rganildi
янв.21
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH — MUHIM HUQUQIY MAJBURIYAT
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA
янв.21
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish
янв.21
Atmosfera havosini asrash — har birimizning burchimiz
янв.21
Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!
20-son “Nurobod” saylov okrugida soliq tushumlari ijrosi va mahalla hamkorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining 20-son “Nurobod” saylov okrugidan deputati S.Ahmedov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan “Nurobod” mahallasida faoliyat olib borayotgan mahalla soliq inspektorining ish faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi soliq tushumlari ijrosi, yer va mulk soliqlarining undirilish holati hamda aholi bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, mahalladagi 716 nafar soliq to‘lovchi tomonidan 2026-yil I choragi uchun belgilangan yer va mulk soliqlari rejasi 106 foizga bajarilgan. Bu esa hududda soliq intizomini mustahkamlash, aholi bilan manzilli ishlash va tushuntirish targ‘ibot tadbirlarini tizimli tashkil etish natijasida erishilgan muhim ko‘rsatkichlardan biri ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla soliq inspektori tomonidan mahalla aholisi, faollar hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 2026-yil II chorak uchun belgilangan soliq tushumlarini ham ortig‘i bilan bajarish yuzasidan izchil ishlar olib borilayotgani bildirildi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “mahalla yettiligi” tizimi hududlarda soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirish, yashirin iqtisodiy faoliyatlarni aniqlash va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yuridik soliq to‘lovchilarning faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Ularning mahalla aholisini doimiy ish bilan таъминlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda davlat byudjetini soliqlar orqali to‘ldirishdagi hissasi deputat S.Ahmedov tomonidan alohida e’tirof etildi.

Yakunda hududda soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 1