Termiz tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda
Termiz tumani 14-okrug deputati Jamila Safarovna Taxchiyeva "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida qilinayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar amaliyotga tadbiq etilish jarayonida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, "Termiz" MFY hududida aholi turmush farovonligini oshirish va hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda mahalladagi "Gulzor" ko‘chalariga zamonaviy talablar asosida asfalt yotqizish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Asosiy maqsadlar:
Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash;
Aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish;
Hududning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish.
Deputat nazorati ostida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar mahalla ahlining ko‘p yillik muammolarini hal etish va hududni namunali maskanga aylantirishga xizmat qiladi.