Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
Oltiariq tumanida suv yetkazib berish tizimi va kollektor-drenaj tarmoqlari holati o‘rganildi.

 Oltiariq tumanida suv yetkazib berish tizimi va kollektor-drenaj tarmoqlari holati o‘rganildi. 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A.Jumayev hamda A.Turgʻunov tomonidan Oltiariq tuman suv yetkazib berish davlat muassasasi faoliyati oʻrganildi. O‘rganish jarayonida muassasaning bugungi kundagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud infratuzilmaning holati atroflicha tahlil qilindi. Oltiariq
tumanida jami 980,6 km kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan 31 km tumanlararo, 160 km xo‘jaliklararo hamda 789,6 km xo‘jalik ichki ochiq va yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarini tashkil etadi. Ushbu tarmoqlar hududdagi meliorativ holatni yaxshilash, yerlarning unumdorligini saqlash va suv ta’minoti tizimini barqaror ishlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, 2026-yilda Navoiy, Polason, Nurobod hamda Oqbo‘yra hududlarida jami 54,6 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.  

Slide 1 of 4