Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i O.Usmonovlar hamkorligida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida elektr ta’minoti sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilindi.

✔️Xususan, 2026 yil davomida deputatlar tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi faoliyatiga oid jami 11 ta deputat so‘rovi kiritilgan bo‘lib, mazkur so‘rovlarning ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Tahlillar davomida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, texnik nosozliklar, tarmoqlarni modernizatsiya qilish zarurati kabi masalalar asosiy muammolar sifatida qayd etildi.

✔️Mas’ullar tomonidan har bir deputat so‘rovi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va hali yechim talab etayotgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida bunday muammolarni bartaraf etish, aholiga sifatli va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✔️Bu kabi tahliliy o‘rganishlar hududdagi muammolarni tizimli hal etishga, aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob qaytarishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3