Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar va yerto‘lalar holati o‘rganildi
янв.21
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlari qonunchiligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
30-iyun – Yoshlar kuni muborak!v
янв.21
Bunyodkor MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod MFYda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov, bosh mutaxassis R.Murodovlar “Hazorman” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

✔️Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va ularni hal etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi hisobot tinglandi.

✔️Muloqot jarayonida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

✔️Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar murojaatlari yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 8