Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI
янв.21
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi Qonun haqida
янв.21
Deputat nazorati: Yoshlar ishlari agentligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Tibbiyot muassasasidagi dori ta’minoti nazoratga olindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz tuman Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilarining hisobotlari tinglandi.
янв.21
IIB boshlig‘i S.Choriyev 2026-yilning o‘tgan davri yuzasidan ma’lumot berdi
янв.21
Termiz tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” gi Qonuni
янв.21
Termiz tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda
#rahbar_va_yoshlar #Andijon_shahar #faol_yoshlar #deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi 📌 Rahbar va yoshlar uchrashuvi! Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan texnikumning dual ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi 🤝

📌 Rahbar va yoshlar uchrashuvi!

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan texnikumning dual ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi 🤝

💬 Uchrashuv davomida bitiruvchilarning mehnat bandligi masalasi o‘rganilib, olib borilgan tahlillar asosida ularning ish bilan ta’minlanish darajasi baholandi.

🔍 Shuningdek, ish qidirayotgan yoshlarning muammolari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

🚀 Muloqot tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar ishtirokida davom etdi.

🏦 “Garant bank” AJ Andijon filiali rahbariyati va mutaxassislari tomonidan yoshlarga yakka tartibdagi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kredit olish tartibi, foiz stavkalari hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi faoliyatiga mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8