Новости

Последние новости

янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari
янв.21
Amaliy tashabbus natija berdi: muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Hududlarda amaliy ishlar – aholi manfaatlari yo‘lida
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Ekologik nazorat toʻgʻrisida (qisqacha)
янв.21
Xalqabod MFY Oilaviy Shifokorlik Punkti: Zamonaviy sharoitlar va samarali xizmat
янв.21
Orol MFY Axborot-kutubxona markazi: Zamonaviy sharoitlar va keng imkoniyatlar bilan xizmatda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ayni vaqtda sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari

Mahalla va deputat hamkorligi – amaliy natijalar sari

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati M. Shernayev hamda mahalla faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov va bosh mutaxassis T. Murodovlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda hamkorlikdagi tashabbuslar alohida e’tirof etildi.

Ayniqsa, mahalla va deputat tashabbusi bilan barpo etilgan kichik va xavfsiz bolalar maydonchasi diqqat markazida bo‘ldi. Mazkur maydoncha bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirish hamda ota-onalar uchun qulay va ishonchli muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bolalar va ota-onalarning fikrlari o‘rganilib, yaratilgan sharoitlardan mamnunlik bildirildi.

 Bu kabi hamkorlikdagi ishlar hududni yanada obod qilish, aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5