Aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafaatova tomonidan bozorlarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida savdo nuqtalaridagi mahsulotlar assortimenti, narxlar barqarorligi, shuningdek aholi talabiga mos ravishda mahsulotlar zaxirasi mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilib, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish belgilandi.